Главная » 2019 » Dekabr » 8 » Apple zaryad va ma’lumotlar uzatish porti yo‘q iPhone ishlab chiqaradi
08:53
Apple zaryad va ma’lumotlar uzatish porti yo‘q iPhone ishlab chiqaradi
iPhone 13 korpusida zaryadlovchi qurilma va ma’lumotlar uzatish porti bo‘lmasligi mumkin. Bu haqda MacRumors xabar bergan.

Ekspert Apple’ning portlarsiz korpusli iPhone’ni 2021-yilda ishlab chiqilishini bildirgan. Shu tariqa, ishlab chiqaruvchi qurilmaga USB-C interfeysidagi Lightning portni joylashtirmaydi balki ulardan butunlay voz kechadi. Yangi smartfon simsiz kanal orqali quvvatlanadi.

Mavzuga doir:

Apple arzon iPhone ishlab chiqaradi
Yilning eng yaxshi smartfoni aniqlandi
iPhone 11 “tunda tasvirga tushirish” tiniqligi bo‘yicha smartfonlar orasida yetakchi
iPhone 8 va X rusumlaridan boshlab Apple smartfonlari Qi standarti bo‘yicha simsiz quvvatlanadi. 2016-yilda kompaniya iPhone 7 savdo tarmog‘ini ishga tushirgan va unda quloqchinlar uchun teshik joylashtirilmagandi. Apple ushbu vaziyatga apparatni changdan himoyalash va simsiz ishlaydigan qurilmalarning ko‘payayotgani bilan izohlagan.

Mavzuga doir:

iPhone XR va XS’da bir vaqtda bir necha kameradan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi
Yangi iPhone 11 Pro nimaga o‘xshaydi? Gaz plitasiga? Soqol olish mashinasiga? Yo Amir Temur bayrog‘iga?
iPhone komplektatsiyasida ham o‘zgarish yuz berishi kutilmoqda. Hozir Apple qurilma qutisiga quvvatlash adapter va USB-Lighting simini joylashtirmoqda, kelajakda iPhone Qi-zaryad quvvatlagichi komplektga kiritiladi yoki o‘zi alohida sotiladi. Apple o‘z quvvatlash Qi-stansiyasini ishga tushirishni rejalashtirgan, AirPower prototipini namoyish qilgan. Ammo mart oyida korporatsiya texnik muammolar tufayli ushbu rejani amalga oshirish keyinroqqa qoldirilganini ma’lum qilgan.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 132 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar