Главная » 2019 » Aprel » 20 » Ko’z nurini tiklash — usullari, mashqlar, ko’rishni yaxshilash uchun xalqona vositalar
19:55
Ko’z nurini tiklash — usullari, mashqlar, ko’rishni yaxshilash uchun xalqona vositalar
Inson ko’rish orqali tashqi muhit haqidagi ma’lumotlarning 90% ni qabul qiladi. Ko’z nurini tiklash va yaxshilash usullarini bilish orqali nafaqat miopiya yoki gipermetropiyani davolash, balki ko’rish qobiliyatini ancha yaxshiroq qilish mumkin.

Misol uchun, uy sharoitida bajariladigan mashqlar yordamida, teleskopik ko’rish — oddiy odamlar ko’ra olmaydigan masofadagi jismlarni aniqroq ko’rish qobiliyatini rivojlantirish mumkin. Bu qobiliyatni Indeyslar bolalikdan shug’ullantirishadi. Natijada ular ufqda bazo’r ko’rinadigan nuqtada qabila vakilini osongina tanib olishgan. Bu qobiliyat shuningdek, dengizchilar, uchuvchilar va ovchilarda ham bor.

Mikroskopik ko’rish qobiliyati guruch urug’i kesimiga uzun matnlarni yozish imkonini beradi.

Mundarija: [Yashirish]
1 Miopiya va gipermetropiya sabablari
1.1 Miopiya nima?
1.2 Miopiyaning sabablari
1.3 Gipermetropiya nima?
1.4 Gipermetropiya sabablari
2 Ko’rish qobiliyatini yaxshilash: to’g’ri odatlarga amal qilish
3 Uy sharoitida ko’z nurini qanday qilib tiklash mumkin
3.1 Palming qanday amalga oshiriladi?
4 Ko’rish o’tkirligini tiklash: ko’z mushaklari uchun mashqlar
4.1 Ko’zlar tez-tez charchasa, qanday qilib ko’rishni yaxshilash mumkin
5 Ko’z nurini xalqona vositalar yordamida yaxshilash
Miopiya va gipermetropiya sabablari

Miopiya nima?

Ma’lum bo’lganidek, miopiyada (uzoqni yaxshi ko’ra olmaslikda) yorug’lik nurlari to’r pardaning old tomoniga fokuslanadi:

Ko’rishning bu turdagi buzilishi sabablaridan biri — ko’z olmasining oldinga va bosh miya tomon cho’zilishi, bu tufayli qaralganda faqat yaqindagi jismlar aniq ko’rinadi. Ushbu hodisa o’qli miopiya deb ataladi.
Miopiyaning boshqa sababi — ostida ko’z gavhari joylashgan shox pardada nurlarning ortiqcha sinishi. Ushbu shakl refraktsion miopiya deb ataladi.
Oq’li shaklda to’r parda cho’zilgan bo’ladi. Miopiya darajasi qanchalik baland bo’lsa, to’r pardaning ko’chishi ehtimoli shunchalik baland bo’ladi. Bunday holda ko’zning shaklini tiklash, shuningdek, ko’zlar uchun muntazam mashqlar yordamida miopiya sababini bartaraf etish kerak.

Miopiyaning sabablari

Oftalmologlar masofadagi jismlarni xira ko’rishning bir qator sabablarni keltirib o’tadi:

Irsiyat. Ko’z olmasining jismoniy parametrlari va gavharining nurlarni sindirishi xususiyatlari nasldan naslga o’tadi.
Bolaning turli masofalarda joylashgan ob’yektlarni aniq ko’rish qobiliyatining dastlabki zaifligi. Natijada, ko’z uzunlashdi va bir necha yil o’tgach, ko’z nurini yaxshilash uchun u yoki bu yo’lni izlash kerak bo’ladi.
Optimal ishlash va dam olish sharoitlariga rioya qilmaslik natijasida kelib chiqadigan turli xil ko’z zo’riqishlari. Masalan, ortiqcha ishlash oqibatida.
Bir yoshgacha bo’lgan bolalar uzoqni ko’ruvchi bo’ladi va bir metrdan yaqinroq joylashgan jismlarni aniq ko’ra olmaydi. Beshikka va krovatiga osilgan yorqin rangli shaqildoq o’yinchoqlar — ko’z nuri pasayishining keng tarqalgan sababidir. O’yinchoqlar bolaning ko’rish maydonini to’sib qo’yadi, shu sababli bola uni doim olib tashlashga urinadi. Ota-onalarga esa u o’ynayotgandek tuyuladi.
Gipermetropiya nima?

Gipermetropiyani davolash zarurati yaqinda joylashgan ob’yektlarni aniq ko’rish qobiliyatining yo’qolishida yuzaga keladi. Birinchi ko’zoynak taquvchilar uzoqni ko’ra olmaydigan kishilar bo’lgan. Aynan ular uchun birinchi ko’zoynak tayyorlangan, shunda ular kitoblarni qulay o’qishlari mumkin edi. Miopiyadan aziyat chekuvchilar uchun ko’zoynaklar ancha kechroq paydo bo’lgan.

Gipermetropiyada yorug’lik nurlari to’r pardaning ortida fokuslanadi. Bu ko’z olmasining qisqarishi yoki yorug’lik nurlarini to’r pardaga to’play olmaydigan optik tizim zaifligi natijasi bo’lishi mumkin.

Gipermetropiya sabablari

Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, bir yoshgacha bo’lgan bolalar gipermetropiyaga ega bo’lib, ularda +3 dioptriya bo’ladi. Ko’z olmasining kattalashishi bilan bu anomaliya yo’qoladi.

Gipermetropiyaga tashxis qo’yish uchun chuqurlashtirilgan diagnostik tekshiruvlar o’tkazish, jumladan, ko’z qorachig’in
Категория: Foydali maslaxatlar | Просмотров: 399 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar