Главная » 2019 » Aprel » 20 » Lider bo’lish — tavisyalar, munosabat qodialari, liderlik psixologiyasi va tushunchasi haqida
19:52
Lider bo’lish — tavisyalar, munosabat qodialari, liderlik psixologiyasi va tushunchasi haqida
Lider bo’lish uchun tanlangan direktor yoki bosh menedjer bo’lish shart emas. Lider yoxud yetakchi — bu boshqalar uning tendentsiyalari va g’oyalari ortidan intilishni istaydigan shaxsdir. Liderlikka vaqtincha erishish ham mumkin, ammo haqiqiy liderni keyingi olg’a qadamlar bilan o’zgartirib bo’lmas sodiqlik ajratib turadi. Xo’sh, do’stlar orasida va umuman jamiyatda, ish joyda lider bo’lish uchun nimalar qilish kerak?

Mundarija: [Yashirish]
1 Lider kabi fikr yuriting
2 O’zingizni lider sifatida tuting
3 Barchasini birga yig’ish
4 Liderlik qilish uchun maslahatlar
Lider kabi fikr yuriting

1. O’zingizga ishoning

Bu qadam nima qilayotganingizni aniq bilish bilan bog’liq emas — siz o’zingizga ishonar ekansiz, boshqalar sizga kamroq savol beradi. Odamlar oldindan fikr yuritishga moyil va siz o’zingizni huddi shunday bo’lishi kerakligidek tutsangiz, odamlar ham bu shunday bo’lishi kerak ekan deb o’ylashadi. Shu sababli, siz o’zingizga ishonsangiz, odamlar sizni «o’z ishini biladi» deb o’ylashadi. Shu tariqa siz ishonch, javobgarlik va hurmat topishingiz mumkin.

O’zingizga bo’lgan ishonch har qanday vaziyatda kerak. Tasavvur qiling, kishi: «buning javobini bilmayman», — demoqda. Va shu vaqtning o’zida, barmoqlarini chatishtirib, boshini pastga egib, oyoqlari bilan yerda surat chizmoqda. Endi boshqa bir vaziyatni tasavvur qiling, bir kishi: «Men javobni bilaman», deb aytdi, ayni paytda u boshini tik ko’tarib, yelkalarini orqaga tortib, suhbatdoshining ko’ziga tik qarab turmoqda. Biron narsani bilmaslik — normal holat, ammo bunda bilmasligingizga ishonch hosil qiling! Biron narsadan bexabarlik sizning o’zingizga bo’lgan ishonchingiz bilan bog’liq emas (yoki liderlik qilish qobiliyati bilan).

2. Qat’iy, lekin mehribon bo’ling

Siz yetakchilik qilayotgan ekansiz, qoidalar va chegaralarni belgilaydigan odam hisoblanasiz. Siz yuzaga kelgan vaziyat uchun ma’lum bir tizim, qofiya va sabab yaratishingiz mumkin. Bui amalga oshirish uchun siz o’zingizning fikringizda qat’iy turishingiz kerak. Biroq diktatorlik inqilobni keltirib chiqarishi mumkinligini unutmang. Qoidalaringizni tasdiqlashda mantiqiy va tushunuvchan bo’ling.

Bitta yomon rahbarlikning namunasi keltiraylik. Bir aviakompaniyada sanchqilar yo’qola boshladi va hech kim buning sababini bilmas edi. Tergovlardan so’ng idish yuvuvchilar ularni yetarlicha tozalab yuva olmayotganlari sababli otib yuborishayotgan ekan. Buning sababi, agar ular sanchqini tozalab yuvishmasa, rahbariyatdan dakki eshitishlari aniqligida edi. Agar siz ham diktator bo’lsangiz, jamoangiz sanchqilarni tashlab yuborishni boshlaydi. Jamoga munosabat va yondashuv boshqacha bo’lganida, bu muammoni chetlab o’tish mumkin edi. Shu sababli mehribon bo’ling va barcha «sanchqilarni» saqlab qolasiz.

3. Mutaxassis bo’ling

Lider sifatida «bilmayman» deb aytish normal hisoblanadi. Lekin har bir savol uchun qayta-qayta «bilmayman» deb javob berish yaxshi emas. Biron narsani bilmasangiz, uning javobni izlab toping. O’z sohangiz mutaxassisi bo’ling. Oxir-oqibat, siz barcha javoblarga ega bo’lishingiz kerak.

Ma’lum bir darajadagi bilim o’zingizni ko’proq ishongan va yetakchi his qilishingizga yordam beradi. Agar bunday qila olmasangiz — bu faqatgina vaqt masalasi bo’lib, sizdan bilim va xarizma bo’yicha ustunroq bo’lgan odam kelib, qo’llaringiz ostidan liderlikni olib ketadi. Shu sababli, qayerda va kimlar orasida liderlik qilishni xohlashingizdan qat’iy nazar, o’z ustingizda ishlang! Uzoq muddatli perspektivada bu sizga juda qo’l keladi.

4. Hal qiluvchan bo’ling

Siz kechga nima qilishni o’ylab, do’stlar guruhining o’rtasida turibsiz. Do’stlardan hech biri ma’lum bir kelishuvga kelmayapti, bir-birining taklifidan kamchilik topmoqda, barcha takliflar aralashib ketadi, shunda bir kishi oldinga chiqib: «Do’stlar, biz shu yerga boramiz», demagunicha. Bu kishi yuqoriga ko’tarilib, vaziyatni yo’naltirish kerakligini ko’rdi va mas’uliyatni o’z zimmasiga oldi. Lider…

Aytishganidek, o’z joyingizni bilishingiz kerak. O’zingiz
Категория: Foydali maslaxatlar | Просмотров: 304 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar