Главная » 2020 » Aprel » 6 » O‘tgan bir sutka ichida dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 82 ming kishiga oshdi
11:12
O‘tgan bir sutka ichida dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 82 ming kishiga oshdi
O‘tgan bir sutka ichida butun dunyo bo‘ylab yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 82 ming kishiga ko‘paydi, 5,7 mingdan ortiq odam vafot etdi. Bu haqda JSST ma’lumotlariga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Reuters
Ta’kidlanishicha, o‘tgan bir sutka ichida yana 82 061 kishida koronavirus aniqlangan, 5798 kishi vafot etgan. Shunday qilib, butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1 133 178 kishini tashkil etayotgan bo‘lsa, qurbonlar soni — 62 784 kishiga yetdi.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda virus bilan kasallanayotganlarning asosiy qismini Yevropa davlatlari ahosini tashkil etmoqda — 621 407 kishi.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 171 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar