Главная » 2020 » Aprel » 6 » O‘zbekistonda hafta o‘rtasida qor yog‘ishi mumkinligi ma’lum qilindi
11:10
O‘zbekistonda hafta o‘rtasida qor yog‘ishi mumkinligi ma’lum qilindi
O‘zbekiston hududiga 7—9-aprel kunlari Volgabo‘yi tumani (Astraxan) orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo oqimlari kiradi.

Foto: “Daryo”
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, shu kunlarda respublika bo‘ylab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 8-aprelda ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

9-aprelda ertalab ayrim joylarda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. 7—8-aprelda shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha, shiddat bilan esganda 23-28 metrgacha yetishi kutilmoqda.

Havo harorati 7-aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja, 8-aprelda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja, 9-aprelda kechasi 0-5 daraja, ayrim joylarda 1 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

8—9-aprelda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.
Категория: O'zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 145 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar