Главная » 2020 » Aprel » 2 » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 190 nafarga yetdi
11:57
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 190 nafarga yetdi
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslar soni 190 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, kasallanganlar soni so‘nggi axborot berilganidan so‘ng yana uch kishiga ko‘paygan.

Avvalroq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 187 nafarga yetgani, Toshkentda davolanayotgan 90 bemordan 23 nafarida pnevmoniya kuzatilayotganini, besh nafar bemorning ahvoli og‘irligini ma’lum qilgan edi.

2-aprel soat Toshkent vaqti bilan 11:45 holatiga mamlakatda koronavirusga chalingan 12 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga o‘tkazilgan; ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin vaqt ichida yana 10 ga yaqin bemorning to‘liq sog‘ayishi kutilmoqda. O‘zbekistonda ilk koronavirus holati aniqlanganidan buyon hozirga qadar ikki kishi kasallik qurboniga aylangan.
Категория: O'zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 65 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar