Главная » 2020 » Aprel » 2 » OAV: Xitoyda koronavirusdan vafot etganlarning haqiqiy soni oshkor qilib qo‘yildi
12:13
OAV: Xitoyda koronavirusdan vafot etganlarning haqiqiy soni oshkor qilib qo‘yildi
Xitoyda koronavirusdan vafot etganlarning haqiqiy soni rasmiy ma’lumotlardagidan 80 marta ko‘proqni tashkil qilishi mumkin.
Xitoyning yirikligi bo‘yicha ikkinchi raqamli kompaniyasi Tencent koronavirus qurbonlarining haqiqiy sonini oshkor qilib qo‘ygan bo‘lishi mumkin.

Kompaniya o‘z saytida koronavirus bilan bog‘liq karaxt qiluvchi raqamlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, virusdan 154 ming kishi kasallangan, 24,5 ming kishi vafot etgan. Bu esa qurbonlar soni rasmiy statistikada ko‘rsatilayotgandan 80 marta ko‘proqligini anglatadi.

Ta’kidlanishicha, ushbu ma’lumotlar saytdan olib tashlanib, ular o‘rniga rasmiy ma’lumotlarga yaqinroq raqamlar berilgan.
Aytish joiz, Tencent xavfli virusning tarqalishi bilan bog‘liq haqiqatni yashirishda ayblanib kelinmoqda.
Oxirgi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusdan 636 kishi vafot etgan, 31161 kishi u bilan kasallangan.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 92 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar