17:06 Олимпиада якунланди. Норвегия — умумжамоа ҳисобида ғолиб | |
Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida bo‘lib o‘tgan Qishki olimpiada o‘yinlari nihoyasiga yetdi. 16 kun davom etgan musobaqaning so‘nggi kunida to‘rtta komplekt medallar o‘ynaldi. Kyorling bo‘yicha ayollar o‘rtasida Shvetsiya terma jamoasi bosh sovrinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Bobsley to‘rtligida Germaniyaga teng keladigan raqib topilmadi. Hokkey bo‘yicha Rossiyalik olimpiyachi atletlar terma jamoasi Germaniyani yutib bosh sovrinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, norvegiyalik Marit Byorgen chang‘i poygalarida o‘tkazilgan 30 km masofaga mass-startda g‘alaba qozondi. Marit bu orqali olimpiadalardagi o‘zining 8-oltin medalini qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga 37 yoshli sportchi Norvegiya terma jamoasining yakunda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashini ta’minladi. Skandinaviya yurti vakillari 14ta oltin, 14ta kumush va 11 bronza medallari bilan jami 39ta medalni qo‘lga kiritishdi va medallar soni bo‘yicha ham olimpiada rekordini o‘rnatishdi. Olimpiada-2018 Pyongchang, Janubiy Koreya 25 fevral kuni o‘ynalgan barcha medallar Kyorling Ayollar Final 1. Shvetsiya 2. Janubiy Koreya 3. Yaponiya Bobsley Erkaklar To‘rtlik 1. Germaniya 2. Germaniya 2. Janubiy Koreya Hokkey Erkaklar Final 1. Rossiya 2. Germaniya 3. Kanada Chang‘i poygalari Ayollar Mass-start, 30 km 1. Marit Byorgen (Norvegiya) 2. Krista Parmakoski (Finlyandiya) 3. Stina Nilsson (Shvetsiya) Umumjamoa hisobida medallar jamg‘armasi (oltin, kumush, bronza, jami) To‘liq ro‘yxat 1. Norvegiya – 14-14-11 (39) 2. Germaniya – 14-10-7 (31) 3. Kanada – 11-8-10 (31) 4. AQSH – 9-8-6 (23) 5. Niderlandiya – 8-6-6 (20) 6. Shvetsiya – 7-6-1 (14) 7. Janubiy Koreya – 5-8-4 (17) 8. Shveysariya – 5-6-4 (15) 9. Fransiya – 5-4-6 (15) 10. Avstriya – 5-3-6 (14) 11. Yaponiya – 4-5-4 (12) 12. Italiya – 3-2-5 (10) 13. Rossiyalik olimpiyachi atletlar – 2-6-9 (17) 14. Chexiya – 2-2-3 (7) 15. Belarus – 2-1-0 (3) 16. Xitoy – 1-6-2 (9) 17. Slovakiya – 1-2-0 (3) 18. Finlyandiya – 1-1-4 (6) 19. Buyuk Britaniya – 1-0-4 (5) 20. Polsha – 1-0-1 (2) 21. Vengriya – 1-0-0 (1) 22. Ukraina – 1-0-0 (1) 23. Avstraliya – 0-2-1 (3) 24. Sloveniya – 0-1-1 (2) 25. Belgiya – 0-1-0 (1) 26-27. Ispaniya – 0-0-2 (2) 26-27. Yangi Zelandiya – 0-0-2 (2) 28-30. Latviya – 0-0-1 (1) 28-30. Qozog‘iston – 0-0-1 (1) 28-30. Lixtenshteyn – 0-0-1 (1) Прикрепления: Картинка 1 | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |