Главная » 2019 » Aprel » 21 » Osiyo chempionati. Hasanboy Do‘stmatov musobaqadagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi
17:17
Osiyo chempionati. Hasanboy Do‘stmatov musobaqadagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi
21-aprel, yakshanba kuni Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining navbatdagi janglari o‘tkazilmoqda.

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi
Bugungi janglarda o‘zbekistonlik bokschilardan 6 nafari navbatdagi bosqich yo‘llanmasi uchun ringga chiqishi haqida xabar berilgandi.

Kunning ilk jangida Rio—2016 Olimpiadasi chempioni, -52 kg vazn toifasi vakili Hasanboy Do‘stmatov butanlik Tensin Drugyelga qarshi ringga chiqib, osonlik bilan g‘alabaga erishdi. Hasanboy hatto raqibini nokdaun holatiga ham tushirib qo‘ydi.

Shu tariqa Hasanboy keyingi bosqichga chiqdi.
Категория: O'zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 323 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar