Главная » 2018 » Fevral » 25 » Shridevi 54 yoshida olamdan o‘tdi
13:53
Shridevi 54 yoshida olamdan o‘tdi
Hindistonlik kinoaktrisa, to‘liq ismi Shri Amma Yanger Ayyapan bo‘lgan Shridevi 54 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘lim sababi yurak xuruji bo‘ldi. Bu vaqtda Shridevi Dubayda, qarindoshining nikoh marosimida bo‘lgan.

Hindiston prezidenti Ram Natx Kovind va mamlakat bosh vaziri Narendra Modi aktrisaning yaqinlariga hamdardlik bildirishgan.

Shridevi 4 yoshidan boshlab milliy hind kinolarida suratga tusha boshlagan. U Bollivud filmida 1978 yilda debyut qilgan va tez orada Hindiston kinosining katta yulduziga aylangan. Aktrisa 270dan ortiq kinokartinada rollar ijro etgan, jumladan, “Artist” (Kalaakaar, 1983 yil), “Farzand” (Aulad, 1987 yil) va “Mister Hindiston” (Mr. India, 1987 yil). 1997 yilda u kinodan ketganini e’lon qilgandi, ammo 2012 yilda yana ekranlarga qaytdi. 2013 yili Hindiston hukumati uni Padma Shri mukofoti bilan (bu mamlakatda maqomi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadigan mukofot) taqdirlagandi.
Категория: Shou-biznes yangiliklari | Просмотров: 668 | Добавил: MASSARI | Теги: hind aktrisasi, Shri Devi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar