Главная » 2020 » Aprel » 2 » Xitoy koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarishni boshladi
12:11
Xitoy koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarishni boshladi
Xitoy kasalliklar profilaktikasi va ularni boshqarish markazida koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqda China Daily nashri yozmoqda.

Manbada aytilishicha, bu borada ishlagan olimlar virusning xavflilik darajasini aniqlab unga qarshi vaksina ishlab chiqarishni uddalagan.
«Biz pnevmoniya chaqiruvchi yangi tipdagi koronavirusga qarshi vositalar ishlab chiqarishni ham boshlaymiz»,— deydi markaz rahbari Syuy Venbo.

Oldinroq Xitoyda koronavirus kutilganidan tezroq tarqalgani va bir kuni ichida u bilan og‘riganlar soni uch baravarga ko‘paygani aytilgandi. Hozirgacha koronavirusdan 56 kishi halok bo‘lgan, 2 mingga yaqin kishi zararlangan.
Категория: O'zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 65 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar